TasdiqlanganMash’al futbol akademiyasi
Qashqadaryo viloyati · Muborak
“Mash’al” futbol akademiyasi 2002-yilda Muborak shahrida tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik professional futbolchilar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi futbol maktablaridan biriga aylangan. Akademiya zamonaviy infratuzilma, futbol maydonlari va tajribali murabbiylar shtabi bilan rivojlangan.
Akademiya tarbiyalanuvchilari orasida Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Sherzod Azamov, Xusniddin Alikulov kabi professional futbolchilar bor. “Mash’al” akademiyasi mahalliy va xorijiy klublar uchun futbolchilar yetishtirishdagi faoliyati bilan tanilgan.